Rossiya O‘zbekistonga SSSR NKVD faoliyati haqidagi hujjatlarni beradi

Jamiyat

image

Kecha, 25 iyun kuni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi boshlig‘i Rustam Jo‘rayev va Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov onlayn uchrashuv o‘tkazishdi. Bu haqda Rosgvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.

Zolotov o‘zbekistonlik hamkasabasiga SSSR NKVD (Ichki ishlar xalq komissarligi) ning Ikkinchi jahon urushi yillarida Respublika hududida olib borgan faoliyatiga doir foto va video materiallarni topshirishini ma’lum qildi. Hujjatlar diplomatik kanallar orqali jo‘natiladi va keyinchalik O‘zbekiston Milliy gvardiyasi muzeyiga topshiriladi.

Uchrashuvda Jo‘rayev va Zolotv, epidemiologik vaziyat barqarorlashganidan so‘ng, birgalikda aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari tashkillashtirish, o‘zaro delegatsiyalar tashriflarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, ommaviy sport va madaniy tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlash hamda qo‘riqlash faoliyatida tajriba almashish borasida kelishib olishdi.

Uchrashuv yakunida Viktor Zolotov Rustam Jo‘rayevni Sankt-Peterburgda 10-12 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “EKSPOTEXNOSTRAJ-2021” - davlat va shaxs xavfsizligini ta’minlash eng yangi vositalari ko‘rgazmasiga taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

321

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing