Rossiya O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy tez yordam mashinalarini berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Rossiya poytaxt Toshkentda o‘tayotgan “Innoprom” sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonga 20 ta tez yordam mashinasini berdi. Ulardan 16 tasi “Sobol” yo‘ltanlamasi va 4 tasi esa “GAZel NEXT” mobil tibbiyot majmuasidir.

Mashinalarni respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan Gorkiy avtozavodi ishlab chiqargan.

Avtozavod Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Sobol 4×4” tez yordam mashinasi panoramali oyna, yuqori issiq va shovqindan himoya qilish tizimiga ega. Avtomobil kislorod berish tizimi va ko‘chma aravachalar bilan jihozlangan.

“GAZel NEXT” mobil tibbiyot majmuasi sayyor tibbiy ko‘riklar, profilaktika, tashxish qo‘yish va davolash tadbirlari uchun mo‘ljallangan. Har bir mobil markaz bu deyarli ikkita to‘laqonli tibbiyot xonasidir. U yerda turli yo‘nalishdagi shifokorlar o‘z ishlarini olib borishlari mumkin.

Xonalar alohida kirish joyiga ega va alohida sanuzellar bilan jihozlangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

372

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing