Rossiya O‘zbekistondan yuborilgan tonnalab mahsulotlarni ortiga qaytarib yubordi

Olam

image

Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (Rosselxoznadzor) tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar tufayli Qozog‘iston va O‘zbekistondan olib borilgan o‘nlab tonna mahsulotlar ortga qaytarib yuborildi. Bu haqda “Rosselxoznadzor”ning Rostov, Volgograd va Astraxan viloyatlari hamda Qalmoq Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qoidabuzarliklar joriy yilning 16-24 yanvar kunlari Astraxan viloyatidagi “Qorao‘zak” fitosanitariya nazorati postida aniqlangan. Qoidabuzarlik Qozog‘iston va O‘zbekistondan avtomobil yo‘li orqali olib kelingan og‘irligi 78 tonnadan ortiq bo‘lgan o‘simlik mahsulotlari bilan bog‘liq.

Mahsulotlar qonun talablarini buzgan holda tashilgan. Quritilgan loviya, piyoz, pomidor kabi mahsulotlar fitosanitariya sertifikatining yorlig‘iga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan. Ta’kidlanishicha, tovarlar Moskva, Ryazan va Ulyanovsk viloyatiga yetib borishi kerak bo‘lgan.

Natijada tovarlarni Astraxan viloyati hududiga olib kirish taqiqlangan. Barcha mahsulotlar Qozog‘iston va O‘zbekistonga qaytarib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

5549

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing