Rossiya O‘zbekiston orqali qog‘oz taqchilligidan qutilmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Rossiyaga ofis qog‘ozi uchun oqartirgich yetkazib beradi. Bu haqda TASS Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturovga tayanib, xabar berdi.

“Ha, bu haqiqat. Bu natriy xlorat, O‘zbekistonda ishlab chiqariladi”, deydi u yetkazib berish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan.

Vazir Rossiyada qog‘oz ishlab chiqarish uchun asosiy komponentlar mavjudligi, uni oqartirish uchun ishlatiladigan natriy xloratni kompaniyalar Xitoy yoki O‘zbekistonda sotib olishlarini qo‘shimcha qildi.

“Ammo bizda O‘zbekistonga logistika ta’minoti ancha qisqa. Aynan “Innoprom” doirasida Rossiya delegatsiyasi, jumladan, mening o‘rinbosarim Oleg Bocharov ham mutaxassislardan iborat bo‘lgan muzokaralarni olib bormoqda”, deya qo‘shimcha qildi Manturov.

Ma’lumot uchun, mart oyida Finlyandiyaning “Kemira” kompaniyasi Rossiya va Belarusga oq qog‘oz ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan natriy xloratni yetkazib berishni to‘xtatganini e’lon qilganidan keyin Rossiyada ofis qog‘ozi narxi keskin ko‘tarildi.

Sanoat va savdo vazirligi Rossiyada hozirda ichki bozor ehtiyojlarini deyarli to‘liq qondira oladigan uchta yirik ofis qog‘ozi ishlab chiqaruvchisi mavjudligini tushuntirgan. Vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxovning aytishicha, rossiyalik ishlab chiqaruvchilar kerakli ingrediyentlarni yetkazib beruvchilarni topgan. Boshqa narsalar qatorida, kompaniyalar sarg‘ish qog‘ozning yangi navini ishlab chiqaradi.

O‘zbekistonda ham ofis qog‘ozlari narxi qariyb ikki barobarga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, agar Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kuchayishda davom etsa, Yevropaga atalgan spirtli ichimiliklar O‘zbekiston, Ozarbayjon, Xitoy, Armaniston va Belarusga o‘tkazilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

888

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing