Rossiya o‘smirlardan josus sifatida foydalangan – FT

Olam

image

Ukraina Xavsizlik xizmati 2024 yilning bahoridan beri 700 kishini Rossiya josusi sifati hibsga oldi. Ulardan 175 nafari ukrainalik o‘smirlar. Bu haqda “Financial Times” (FT) nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ukrainalik yoshlar Telegram, Discord, WhatsApp yoki Viber messenjerlari orqali ishga olingan va ularga murakkabligiga qarab vazifalarni bajarish uchun 100 dan 1000 dollargacha pul taklif qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlarga asosan harbiy inshootlar yoki havo hujumidan mudofaa tizimlarini suratga olish, portlovchi moddalarni binolarga joylashtirish, energetika infratuzilmasi ob’ektlariga yoki ishga qabul qilish markazlariga o‘t qo‘yish kabi vazifalar yuklatilgan.

“Rossiya razvedka xizmatlari tomonidan yollanganlarning aksariyati ongli ravishda harakat qilgan, biroq ba’zilari aldash yo‘li bilan jalb qilingan. Voyaga yetmaganlar o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘ra olmaydi”, deydi Ukraina xavfsizlik xizmati vakili.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 iyun kuni Ozarbayjon politsiyasi Bakudagi “Sputnik Ozarbayjon” ofisida o‘tkazgan operatsiya chog‘ida nashrda ishlayotgan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlarini qo‘lga olgandi.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina josus o'smirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing