Rossiya o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni ishlab chiqarishni boshlashi kerak – Putin 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma Shtatlar dunyoning turli burchaklarida o‘rta va qisqa masofali raketa tizimlarini joylashtirganini aytib, Rossiya ham bunday raketalarni ishlab chiqarishni boshlashi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda u Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan onlayn uchrashuvda so‘z ochdi.

“Biz ushbu zarba tizimlarini ishlab chiqarishni boshlashimiz kerak va keyin, agar kerak bo‘lsa, xavfsizligimizni ta’minlash uchun ularni qayerga joylashtirishni hal qilishimiz kerak”.

Putin Qo‘shma Shtatlar bir necha yil oldin O‘rta va uzoq masofalarga uchuvchi raketalar bo‘yicha shartnomadan chiqqanini eslatdi. Prezidentning ta’kidlashicha, AQSH ushbu raketalarni turli hududlarda joylashtirgani haqida ma’lumotlar bor.

“Biz 2019 yilda Qo‘shma Shtatlar ushbu tizimlarni dunyoning ma’lum mintaqalariga joylashtirmaguncha, biz bu raketalarni ishlab chiqarmasligimiz yoki joylashtirmasligimizni aytgandik. Bilamizki, Qo‘shma Shtatlar nafaqat bu raketa tizimlarini ishlab chiqaradi, balki ularni Yevropa va Daniyaga mashg‘ulotlar uchun olib keladi. Ular yaqinda Filippinda ekanligi e’lon qilindi”, deya qo‘shimcha qildi Putin.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda Qo‘shma Shtatlar SSSR 1987 yilda imzolagan, 500 dan 5500 kilometrgacha uchadigan yadro kallaklarini olib yurishga qodir raketalarni taqiqlovchi O‘rta masofadagi yadroviy kuchlar to‘g‘risidagi shartnomadan chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing