Rossiya Ukrainaning Nyu-York qishlog‘ini egallab oldi

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Nyu-York qishlog‘ini egallab oldi. Bu haqda bugun, 20 avgust kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Markaziy kuchlar guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida Ukraina Qurolli kuchlarining katta guruhi mag‘lubiyatga uchradi va Toretsk aglomeratsiyasidagi eng yirik aholi punktlaridan biri va strategik muhim logistika markazi qo‘lga olindi”, deyilgan vazirlik bayonotida.

O‘z navbatida, qishloqdagi Ukraina Qurolli kuchlariga qarshilik ko‘rsatadigan kam sonli markazlardan biri Dzerjinskiy fenol zavodi bo‘lib qolmoqda. Nyu-York qishlog‘ining rossiyaliklar tomonidan bosib olinishi haqidagi ma’lumotlarning mustaqil tasdig‘i yo‘q. Ukraina Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan OSINT loyihasi 20 avgustga o‘tar kechasi Nyu-York uchun og‘ir janglar davom etayotgani haqida xabar berdi. DeepState  xaritasida qishloqning shimolidagi kichik joylar kulrang zonada qolmoqda.

Vladimir Zelenskiy vaziyatni “murakkab” deb atadi.

“Ukrainskaya pravda” nashrining yozishicha, Ukraina Qurolli kuchlari qishloqning bir qismini nazorat qilishda davom etmoqda, Rossiya kuchlari esa Nyu-Yorkning bir qismini bosib olgach, keyingi qishloq – Nelipovka tomon harakatlanishda davom etgan.

“Biz 20 foizga yaqin mudofaani nazorat qilamiz, ko‘p miqdorda zaxiralar bo‘lsa, oldinga siljiy olamiz. Afsuski, bizda bunday zaxiralar yo‘q”, degan Ukraina Qurolli kuchlaridagi shaxslardan biri.

Nashrning yana bir suhbatdoshi zaxiraning yetishmasligidan tashqari, kadrlar bilan bog‘liq muayyan muammolar ham borligini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-York va qo‘shni Toretsk yo‘nalishida harbiylarning tushkunligi bilan bog‘liq muammolar mavjud.

Prezident Vladimir Zelenskiy esa frontning bu qismida vaziyat murakkabligicha qolayotganini aytdi. Nyu-York qishlog‘i Donetsk viloyatining Baxmut tumanida, Toretskdan shimoli-g‘arbda joylashgan. Rossiya qo‘shinlari bu yerga 2024 yilning yozida hujum boshladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Zelenskiy Ukrainaning xorijiy diplomatik muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvda mamlakat Qurolli kuchlari Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidagi 1250 kvadrat kilometrdan ortiq hudud va 92 aholi punktini nazorat qilayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Donetsk N'yu-York qishlog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing