Rossiya Ukrainaning Qora dengiz bo‘yicha sulh taklifini rad etdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina bilan Qora dengizda o‘zaro sulh tuzish uchun asos ko‘rmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.

Zaxarova Turkiyaning Qora dengizda harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi taklifiga izoh berar ekan, Rossiya fuqarolik kemalariga qarshi Ukraina dronlari hujumlari davom etayotganini aytib o‘tgan.

“Vaziyat yaxshilanishi uchun hech qanday shart-sharoit ko‘rmayapmiz. Shu sababli Kiyev rejimiga vaqtinchalik nafas rostlash imkonini beradigan yarim choralar uchun ham asos yo‘q”, degan u.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 8 avgust kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Rossiya va Ukrainani Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish mexanizmini yaratishga chaqirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik ob’ektlariga zarba berishni o‘zaro to‘xtatish taklifini yuborgani haqida xabar berilgan edi. Manbalarga ko‘ra, Kiyev ushbu taklifni vositachi orqali Moskvaga yetkazgan, biroq javob olmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing