Rossiya Ukrainaning energetika ob’ektlariga kuchli zarba berdi
Olam
−
24 mart
16881Kecha, 23 mart kuni Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga 90 ta raketa va 60 dan ortiq dronlardan foydalangan holda ommaviy hujum uyushtirdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining rasmiy sahifalarida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, 1 million ukrainalik elektr tarmog‘idan uzilib qolgan. Xarkov butunlay elektrsiz qolgan. Janubdagi Odessa shahrida ham 53 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotidan uzilgan. Rasmiylar hujumni keng ko‘lamli urushning boshlanishi deb atamoqda.
Ukraina Energetika vaziri German Galushchenko Rossiyani mamlakat energetika tizimida keng miqyosdagi nosozlikni keltirib chiqarishga urinishda ayblagan. Rossiya rasmiylari so‘nggi tajovuzlarni Ukrainaning yaqinda Rossiya hududida uyushtirgan hujumlari uchun qasos ekanini bildirgan.
1932 yilda ishga tushirilgan Ukrainadagi eng kuchli gidroelektr stansiyasi – DneproGES hujumga uchragan.
"Ukrgidroenergo"ning xabar berishicha, hujum gidrotexnik inshootlar va DneproGES to‘g‘oniga urilgan, shundan so‘ng stansiyada yong‘in boshlangan.
Ukraina energiya infrastrukturasiga yo‘naltirilgan zarblar oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan. 17 nafar fuqaro jarohatlangan.
LiveBarchasi