Rossiya Ukrainaning energetika ob’ektlariga hujum qildi

Olam

image

 1 iyunga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukrainaning energetika infratuzilmasiga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Energetika vaziri German Galushchenko ma’lum qildi.

Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududiga 53 ta raketa va 47 ta uchuvchisiz samolyotni uchirdi. Vazirga ko‘ra, Zaporoje, Dnepropetrovsk, Donetsk, Kirovograd va Ivano-Frankivsk viloyatlaridagi ob’ektlar hujumga uchragan.

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bir kechada Ukraina hududiga har xil turdagi 53 ta raketa va 47 ta hujumchi dronlarni otgan. Ulardan 35 ta raketa va 46 ta dron urib tushirilgan.

DTEK xususiy energetika kompaniyasi rossiyalik harbiylar kompaniyaning ikkita issiqlik elektr stansiyasini o‘qqa tutgani, jihozlarga esa jiddiy shikast yetganini ma’lum qildi.

“Bu DTEK issiqlik elektr stansiyalariga nisbatan oxirgi ikki yarim oy ichida sodir etilgan oltinchi ommaviy hujum”, deyiladi tashkilot postida.

Zaporoje ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning ma’lum qilishicha, viloyatda hujum oqibatida 20 ta turar-joy binolari va ijtimoiy muassasalar zarar ko‘rgan. Jarohatlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 30 mayga o‘tar kechasi Ukraina anneksiya qilingan Qrimda Rossiyaning ikkita harbiy kateriga "Magura V5" harbiy-dengiz droni yordamida hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina German Galushchenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing