Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham saylov o‘tkazishga qaror qildi
Olam
−
11 dekabr 2023
7953Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarida ham 2024 yilning mart oyida prezidentlik saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
“Qaror Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga va Federatsiya Kengashiga yuborilsin”, deyiladi hujjatda.
Ayni paytda, rasmiy Moskva Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarida ovoz berish bo‘yicha Rossiya Mudofaa vazirligi va Federal xavfsizlik xizmati, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari bilan maslahatlashilganini da’vo qilmoqda. O‘tgan yilning oktyabr oyida u yerda harbiy holat e’lon qilingan edi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan haftada Rossiyada prezidentlik saylovlarini 2024 yil 15-17 mart kunlari o‘tkazishga qaror qilindi.
Onlayn ovoz berish faqat chegaralarda ruxsat etiladi. Qolgan holatda masofadan ovoz berishga ruxsat etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvvalroq Putin yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi ekani haqida ma’lum qilgan edik.
LiveBarchasi