Rossiya Ukrainaga yana zarbalar berdi. Qurbon bor

Olam

image

Kecha, 4 may kuni Rossiya Ukrainaning turli hududlarini o‘qqa tutdi va buning oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, yana 13 kishi yaralandi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Dnepropetrovsk viloyatida otishmalar oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi yaralangan.

Bundan tashqari, Rossiyaning Marganets shahriga ertalabki zarbasi chog‘ida uch kishi – 39 va 68 yoshli erkaklar va 75 yoshli ayol jarohatlangan. Ularning barchasi o‘rta og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Xersonda Rossiya dronlarining hujumi oqibatida ikki mahalliy fuqaro jarohat olgan. 40 yoshli ayol avtomobiliga portlovchi qurilma tashlanganda umurtqa pog‘onasi va oyoqlaridan jarohat olgan. Jabrlanuvchining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda va u ayni damda shifoxonada.

Qolaversa, Donetsk viloyatida ham rossiyaliklarning mahalliy aholini o‘qqa tutishi oqibatida olti kishi yaralangan.

Xarkov viloyatidagi Kupyansk shahri ham o‘qqa tutilgan. Buning oqibatida esa Xarkov viloyatining Izyum tumanida o‘rmon yong‘ini boshlangan.

“Yong‘in uylariga yaqinlashgan mahalliy aholini evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, o‘rmonda Rossiya qo‘shinlari tomonidan qoldirilgan o‘q-dorilar portlatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 may kuni kechasi Rossiya qo‘shinlari Xarkov shahriga keng ko‘lamli dron zarbasini bergan edi. Hujum oqibatida shaharning to‘rtta tumani – Kiyevskiy, Osnovyanskiy, Slobodskoy va Saltovskiyda joylashgan 12 ta nishon zarba ostida qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing