Rossiya Ukrainaga birinchi marta o‘ta og‘ir bomba tashladi (video)
Olam
−
21 iyun
38867Rossiya armiyasi Ukrainaga birinchi marta FAB-3000 o‘ta og‘ir bombasini tashladi. Bu haqda “BILD” nashrining ochiq ma’lumotlar bo‘yicha tahlilchisi Yulian Ryopke ma’lum qildi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ilk bor qo‘llagan FAB-3000 M-54 UMPK bombasi aviabombani boshqarish bo‘yicha rus modeli bo‘lib, mamlakat uni Ukrainaga tashlab, Xarkov viloyatining Lipsi qishlog‘idagi “Yangi pochta” binosiga zarba bergan. Og‘irligi umumiy 3 tonna bo‘lgan bombaning 1,2 tonnalik jangovar kallak qismi binodan 15 metr uzoqlikda qulagan. Shunday bo‘lsa-da, binoga jiddiy zarar yetkazgan.
Xabarda keltirilishicha, Z-kanallar ham Rossiyaning yangi aviabombadan foydalanilganini tasdiqlagan. Telegram’dagi Fighterbomber kanali quroldan foydalanish jarayoni aks etgan videoni e’lon qilgan. Hujum vaqtida Ukraina Qurolli kuchlari vaqtinchalik foydalanayotgan 3 qavatli bino nishonga olingani ma’lum qilingan.
“FAB-3000 bombasining uzluksiz shikastlanish radiusi 230 metrni tashkil etadi va parchalar 1240 metr masofada halokat kuchini saqlab qoladi”, deya yozgan Fighterbomber.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya harbiy aerodromiga hujum qilgandi. Shuningdek, Ukraina Milliy qarshilik ko‘rsatish markazi Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borish uchun qo‘shimcha inson resurslarini qidirib, mamlakat koloniyalaridagi ayollarni urushga faol ravishda jalb qilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi