Rossiya Ukrainadan signal kutmoqda – Peskov
Olam
−
28 aprel
4421Ukraina Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligi haqida signal berishi kerak. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 28 aprel kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Ma’lum qilinishicha, jurnalistlar Prezident matbuot kotibiga “Moskva kelishuv bo‘yicha kimdan signal kutmoqda – Vashingtondanmi yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri Kiyevdanmi?”, deya savol bergan.
Peskov esa ushbu savolga Ukraina birinchi bo‘lib signal berishi kerakligini ta’kidlkab o‘tgan.
“Kiyevdan. Hech bo‘lmaganda Kiyev bu borada nimadir qilishi kerak. Ularda esa bunga qonunan taqiq qo‘yilgan. Ammo hozircha hech qanday harakatni ko‘rmayapmiz”, degan matbuot kotibi.
Ma’lumot uchun, 2022 yil oktyabr oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini cheklovchi farmonni imzolagandi. 2025 yil 22 aprelda Zelenskiy Kiyev faqat o‘t ochishni to‘xtatish sharti bilan Moskva bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni boshlashga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin Kiyevning fuqarolik infratuzilmasiga zarba berishni to‘xtatish haqidagi taklifini o‘rganishini hamda Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga ruxsat berishini aytgan edi.
LiveBarchasi