Rossiya Ukrainadagi ikkita qishloqni egallab olganini e’lon qildi
Olam
−
22 iyul 2024
9198Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Lugansk viloyatidagi Rozovka va Xarkov viloyatidagi Peschanoyeni egallab oldi. Bu haqda kecha, 21 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida Rossiya Mudofaa vazirligi vakili ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Lugansk viloyatidagi Rozovkani egallab olgan. Gap 2016 yilgacha Rozovka deb nomlangan Svatovskiy tumanidagi Andreyevka haqida ketmoqda. 2001 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, aholi punktida 17 kishi yashagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylar Xarkov viloyatidagi Peschanoye Nijne qishlog‘ini ham egallab olganini ma’lum qildi. Gap Chuguyevskiy tumanidagi Peschanoe qishlog‘i haqida ketmoqda. 2001 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, qishloqda 79 kishi yashagan. Ukraina urushi muxbiri Bogdan Miroshnikov ham Rossiya Qurolli kuchlari Peschanoyeni bosib olganini aytdi.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ikki aholi punkti yo‘qotilgani haqida xabar bermadi. Ukraina Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan DeepState OSINT loyihasi kecha, 21 iyulga o‘tar kechasi Telegram-kanalida Rossiya qo‘shinlari Peschanoye va Andreyevka yaqinida oldinga o‘tgani haqida yozdi.
LiveBarchasi