Rossiya Ukrainadagi gumanitar yordam punktiga hujum qildi 

Olam

image

Bugun, 10 iyul kuni Rossiya Ukrainaning janubi-sharqida va sharqida gumanitar yordam tarqatish punktlariga hujum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Janubi-sharqdagi Zaporoje viloyati gubernatori Yuriy Malashkoning aytishicha, Orexov shahrida yordam tarqatish uchun foydalanilayotgan maktab binosiga hujumda boshqariladigan aviatsiya bombasi qo‘llanilgan. Oqibatda uch ayol va bir erkak halok bo‘lgan, yana 11 kishi yaralangan.

Ukraina Bosh prokuraturasi voqea harbiy jinoyat sifatida tekshirilayotganini ma’lum qilgan. Favqulodda xizmatlar vayronalar ostida uch kishi qolayotganidan xavotir bildirgan. 

Shuningdek, Donetsk viloyatining Xostre qishlog‘i va Avdeyevka shahrining Rossiya tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va uch kishi yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina gumanitar yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing