Rossiya Ukrainadagi data-markazlarni bombardimon qildi

Olam

image

Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan tunda Ukraina data-markazlarini nishonga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.

“Ukrainaning harbiy-sanoat majmuasi ob’ektlari va uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish hamda saqlashda foydalaniladigan logistika markazlari, shuningdek, Kiyev shahri, Kiyev, Xmelnitskiy va Dnepropetrovsk viloyatlaridagi data-markazlar nishonga olindi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Hujum vaqtida nishonga olingan ob’ektlardan biri Kiyevdagi “Bi-mobil” data-markazi bo‘lib, u razvedka ma’lumotlarini uzatish va qayta ishlash bilan shug‘ullangan.

Shuningdek, dronlar va ular uchun ehtiyot qismlar saqlanadigan joylar – Kiyev viloyatidagi “Gostomel” logistika markazi, Xmelnitskiydagi “Novaya pochta” logistika markazining innovatsion terminali, Dnepropetrovsk viloyatidagi “Dnepr” logistika markazi ham nishonga olingan.

Bundan tashqari, Odessadagi avtomobil agregatlari zavodi, Odessa viloyatining Vizirka qishlog‘idagi uchuvchisiz uchish apparatlari uchun ehtiyot qismlar ombori hamda Chernomorsk portidagi harbiy yuklarni tashiyotgan ikkita kema, harbiy kater, yoqilg‘i-moylash materiallari saqlanadigan rezervuarlar hamda Ukraina Qurolli kuchlari mulki saqlanadigan ombor ham hujumga uchragan. Yana bir harbiy yuk ortilgan quruq yuk kemasi Odessa tomon yo‘lda dengizda nishonga olingan.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Ukraina tomonidan uyushtirilgan hujumlarga javoban Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlari NATO mutaxassislari bilan birgalikda foydalanadigan qaror qabul qilish markazlari, korxonalar va omborlarga zarba bermoqda. Rossiya harbiylari Kiyev va Ukrainaning boshqa hududlaridagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan zarbdor dronlar hamda uzoq masofaga uchuvchi yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Saratov shahridagi Ozon kompaniyasining logistika markaziga hujum qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing