Ukrainaning “sevimli“ nishoni: Ozon yana hujumga uchradi (video)
Olam
−
12:47 770 1 daqiqa
Bugun, 11 sentyabr kuni Ukraina dronlari Rossiyaning Saratov shahridagi Ozon kompaniyasining logistika markaziga hujum qildi. Bu haqda “Meduza“ xabar berdi.
Zarba oqibatida omborda yong‘in chiqib, xodimlar evakuatsiya qilingan.
Kompaniyaning dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozircha buyurtmalar qabul qilinmayapti va boshqa logistika markazlariga yo‘naltirilmoqda.
Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin dronlar hujumi oqibatida shahardagi fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetganini ma’lum qilgan, biroq tafsilotlarni keltirmagan.
Ukrainaning monitoring kanallari, Saratov neftni qayta ishlash zavodiga ham hujum qilingani va u yerda yong‘in boshlanganini da’vo qilgan.
Bundan tashqari, dronlar Volgograd shahriga ham hujum qilgan. Shahar Krasnoarmeyskiy tumanidagi Kichik yer qahramonlari (Geroi Maloy Zemli) ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy zarar ko‘rgan. Ikki erkak – 42 va 55 yoshli fuqarolar jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.
Gubernator Andrey Bocharyovning so‘zlariga ko‘ra, dron parchalari Volgograd janubidagi sanoat korxonasi hududiga tushgan. Biroq qaysi korxona ekani aniqlanmagan.
Shuningdek, Tula viloyatiga ham hujum uyushtirilgan. Viloyat gubernatori Dmitriy Milyayev hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Yana 3 kishi yaralangan. Biroq boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina dengiz dronlari Sochi sohiliga hujum qilgan edi. Hujum oqibatida 28 kishi, jumladan, 2 nafar bola jarohatlangan.
Live
Barchasi