Rossiya-Ukraina urushida yaralanib, O‘zbekistonga qochib kelgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan ishtirokib etib, yarlangan va chegaralarni noqonuniy kesib o‘tib, O‘zbekistonga qochgan 38 yoshli samarqandlik erkak 5 yil 6 oyga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Hujjatda keltirilishicha, sudlanuvchi B.M. 2020 yilning noyabr oyida ishlash uchun Rossiyaning Moskva shahriga borgan. 2022 yilning may oyida esa giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat uchun 10 yilga qamalgan. Uning sudda ko‘rsatma berishicha, 2021 yilning mart oyida tojikistonlik tanishi qo‘ng‘iroq qilib, uni bir manzilga olib borishni iltimos qilgan. Erkak bunga rozi bo‘lgan va ular yo‘lda ketayotganda politsiya tomonidan to‘xtatilgan. Shunda mashinaning orqa o‘rindig‘idan 109 gramm “geroin” topilgan. Shu sababli B.M. 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Sudlanuvchining aytishicha, koloniyada unga Ukraindagi urushda qatnashish bo‘yicha bosim o‘tkazilib, qiynoqqa solingan. Oqibatda u 2024 yilning sentyabr oyida Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan. Shundan so‘ng, u boshqalar bilan birga Rostov orqali Luganskning Shaxta shahriga olib borilgan. U yerdagi harbiy qismda 14 kunlik mashg‘ulotlar o‘tkazilgan va jang bo‘layotgan hududga olib ketilgan. Biroq B.M. mina portlashi oqibatida yaralangan. Erkak evakuatsiya qilinib, Donetskdagi shifoxonaga olib borilgan. B.M. 2024 yilning dekabrida taksi orqali u yerdan qochgan va “Tamara” ismli ayol bilan tanishib, bir muddat uning uyida yashirinib yurgan. 2025 yilning aprel oyiga qadar o‘sha uyda yashagan B.M. O‘zbekistonga qaytishni maqsad qilgan va qozog‘istonlik “Ded” bilan tanishib, 1 ming 800 dollar evaziga Rossiyadan Qozog‘istonga, keyin esa Qozog‘istondan O‘zbekistonga sim to‘siqlar orqali noqonuniy kesib o‘tgan. O‘zbekistonning Jizzax viloyatida uni akasi kutib olgan va Parkent tumanidagi opasinikiga joylashtirgan.

Shundan so‘ng, uning o‘zi ham odamlarni chegaradan noqonuniy o‘tkazish bilan bog‘liq ishga aralashib qolgan. B.M. 2025 yilning dekabr oyida “mijoz”dan 2000 dollar olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Joriy yilning 7 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudida mazkur ishlar ko‘rib chiqilgan. B.M. Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollanish) 1-qismi, 25, 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “b” bandi, 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) 2-qismi “b” bandi va 25, 223-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan aybli deb topilgan. Unga qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tomonidan Ukrainadagi urushda qatnashgan samarqandlik 25 yoshli yigitning ozodligi 5 yilga cheklangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing