Rossiya-Ukraina muzokaralari ertaga bo‘lib o‘tadi

Olam

image

Bugun, 15 may kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar ertaga, 16 may kuniga ko‘chirildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham uchrashuv 16 mayda bo‘lib o‘tish ehtimolini ilgari surgan.

Zelenskiyga ko‘ra, Ukraina hozircha AQSH va Turkiyadan uchrashuvning sanasi va vaqti bo‘yicha aniq signal kutmoqda. U Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan so‘ng, Mudofaa vaziri Rustam Umarov boshchiligidagi delegatsiyani Istanbulga jo‘natgan va u yerda ikki kun bo‘lishini bildirgan.

Rossiya delegatsiyasiga esa Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qilmoqda. Delegatsiya 15 may kuni ertalab Turkiyaga yetib kelgan, biroq kun davomida Ukraina delegatsiyasi muzokara joyida hali yo‘qligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga tashrifi doirasida Anqarada Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing