Rossiya-Ukraina chegarasida otishma yuz berdi
Olam
−
04 dekabr 2020
13741Bugun, 4 dekabr kuni qurollangan uch kishi Ukraina tomondan Rossiya chegarasini buzib kirishga urindi. Natijada rossiyalik chegarachilar va qurollangan shaxslar o‘rtasida otishma yuz bergan.
TASSga Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, otishmada qurollangan shaxslardan biri o‘ldirilgan.
“4 dekabr kuni Rossiya FXX Chegara boshqarmasining Voronyoj va Belgorod viloyatlari bo‘yicha boshqarmasining uchastkasida uch nafar qurollangan shaxs Ukrainadan chegarani buzib Rossiya Federatsiyasiga kirishga uringani aniqlandi. Ularni qo‘lga olishga urinish vaqtida otishma yuz berdi”, deyiladi xabarda.
Javob tariqasida o‘t ochilganda ulardan biri hayot uchun xavfli jarohat olib, halok bo‘lgan. Qolgan ikki nafari Ukraina hududiga yashiringan.
Hozirda tezkor surishtiruv ishlari olib borilyapti. FXX hodisaning qolgan tafilotlarini keltirmagan.
LiveBarchasi