Rossiya to‘rt nafar avstriyalik diplomatni chiqarib yubordi

Olam

image

Rossiya javob tariqasida to‘rt nafar avstriyalik diplomatni “persona non grata” deb e’lon qildi, ularga joriy yilning 23 fevral kuni kun oxirigacha mamlakatni tark etishga buyruq berildi. Bu haqda bugun, 16 fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarda aytiladi. 

Vazirlikning bildirishicha, Avstriyaning Moskvadagi elchisi Verner Almxofer bugun Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va u yerda 4 nafar rossiyalik diplomatning chiqarib yuborilishi munosabati bilan unga keskin norozilik bildirilgan. 

“Javob sifatida Avstriya Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasining to‘rt nafar xodimi “persona non grata” deb e’lon qilindi. Ular 2023 yil 23 fevral kuni oxirigacha mamlakatni tark etishlari kerak. Elchiga tegishli hujjat topshirildi”, deyiladi xabarda. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Avstriyaning do‘stona va asossiz qadami Avstriya tomonining harakatlari tufayli inqirozga uchragan ikki tomonlama munosabatlarga, shuningdek, avvallari xolis, betaraf davlat va xalqaro diplomatiya platformasi sifatida namoyon bo‘lgan mamlakatning xalqaro nufuziga jiddiy zarar yetkazayotganini bildirgan. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Avstriya elchisining e’tiborini Rossiya delegatsiyalari uchun viza berishdagi qiyinchiliklarga qaratdi.  

“Elchining e’tibori, shuningdek, ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok etish uchun Vena shahriga boradigan Rossiya rasmiy delegatsiyalari uchun viza olishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga qaratildi. Bu Avstriyaning xalqaro uchrashuvlar o‘tkaziladigan joy sifatidagi majburiyatlariga ziddir. Bu holat ham oqibatlarsiz qolmaydi”, deydi vazirlik. 

Joriy yilning 2 fevral kuni Avstriya Tashqi ishlar vazirligi respublika hududida akkreditatsiyadan o‘tgan to‘rt nafar rossiyalik diplomat “persona non grata” deb e’lon qilinganini ma’lum qildi. Avstriya diplomatik departamentining da’vo qilishicha, Rossiya elchixonasining ikki diplomati o‘zlarining diplomatik maqomlariga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ygan, bundan tashqari, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi vakillaridan ikki diplomat shtab-kvartira kelishuviga mos kelmaydigan harakatlar qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Avstriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing