Rossiya Trampning tahdidini “jiddiy” deb baholadi

Olam

image

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSH Prezidenti Donald Trampning Rossiyadan olib kiriladigan tovarlarga 100 foizlik boj joriy qilish haqidagi tahdidini “jiddiy” deb baholadi. Bu haqda Kreml vakiliga tayanib, “Kommersant’” xabar berdi.

Peskovning ta’kidlashicha, bu bayonotlar Kreml tomonidan tahlil qilinmoqda.

“Hozircha aniq aytish mumkin bo‘lgan narsa shuki, bunday qarorlar xoh Vashingtonda, xoh NATO davlatlarida, xoh Bryusselda qabul qilinsin – Ukraina tomonidan tinchlikka emas, balki urushni davom ettirishga da’vat sifatida qabul qilinmoqda”, degan Peskov. 

Shuningdek, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bu borada shaxsan izoh berishi mumkinligi, ammo hozircha uning pozitsiyasini kutish lozimligini urg‘ulagan. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp avvalroq Oq uyda jurnalistlarga bergan intervyusida Yevropa davlatlari hisobidan Ukrainaga qurol yetkazib berishni boshlashi, jumladan, 17 ta Patriot zenit-raketa majmuasi yuborilishi rejalashtirayotganini aytgandi.

Shuningdek, BBC telekanaliga bergan intervyusida Tramp Vladimir Putindan hafsalasi pir bo‘lgani, biroq hali u bilan suhbat yakunlanmagani va agar 50 kun ichida urush to‘xtatilmasa, Rossiya hamda uning savdo sheriklariga nisbatan 100 foiz boj joriy etishini va’da qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Donal'd Tramp Dmitriy Peskov Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing