Rossiya tojik-afg‘on chegarasida yana harbiy mashg‘ulotlar boshladi
Olam
−
18 avgust 2021
5774Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasining 1000 ga yaqin askarlari Lyaur va Sumbula poligonlarida mashg‘ulot boshladi.
Qayd etilishicha, artilleriyachilar, harbiy muhandislar, havo mudofaasi, radioelektron urush, radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya bo‘yicha mutaxassislar bir oy davomida harbiy vazifasi bo‘yicha rejalarni ishlab chiqadi.
“Artilleriya bo‘linmalari “Grad” reaktiv raketa tizimi, o‘zi yuradigan “Gvozdika” va “Akatsiya” artilleriyalaridan 20 dan ortiq otishni amalga oshiradi. Shuningdek, minomyotlardan foydalanib, shartli dushman yo‘q qilinadi.
Bundan tashqari, rus harbiylari havo hujumiga qarshi turish mashqlarini ham bajaradi. Bunda ular S-300PS zenit-raketa tizimidan foydalanadi.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning Tojikistonda 201-harbiy bazasi borligini unutmaslik kerak. Ushbu harbiy baza Rossiyaning mamlakat chegarasidan tashqarida joylashgan eng yirik tuzilmasidir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5-10 avgust kunlari tojik-afg‘on chegarasidagi "Harbmaydon" poligonida Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston harbiylarining qo‘shma mashg‘uloti o‘tkazilgandi.
LiveBarchasi