Rossiya “Tolibon”ning taklifiga rad javobini berdi
Olam
−
10 Sentabr 2021
44380Rossiya Afg‘onistonning “Tolibon” harakati tuzgan yangi hukumati inauguratsiyasi marosimida qatnashmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Rossiya [toliblar hukumatining inauguratsiyasida] hech qanaqasiga ishtirok etmaydi”, degan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” tuzgan afg‘on hukumatining inauguratsiya marosimi ertaga, 11 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Harakat bu marosimga olti davlat – Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qatar, Pokiston va Eron taklif qilingan.
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston hukumati rahbarining o‘rinbosari Abdulg‘ani Barodar tez orada Qatarga borib, yana qator davlatlar delegatsiyasini taklif qilishi kutilayotgandi.
Afg‘onistondagi vaziyat
AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.
LiveBarchasi