Rossiya “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarmoqchi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari mamlakat Prezidentiga “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya TIVning Osiyo bo‘yicha departamenti direktori Zamir Qobulovga tayanib, TASS xabar berdi.

“Tolibon”ni tan olishdan oldin uni taqiqlangan ro‘yxatdan olib tashlash shart. Busiz tan olish haqida gapirishga erta bo‘ladi. Shuning uchun bu masalani o‘rganish davom etmoqda. Barcha mulohazalar Rossiya oliy rahbariyatiga taqdim etilgan. Qaror qabul qilinishini kutmoqdamiz”, deydi TIV vakili.

Tegishli savolga javoban Qobulov Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu masala bo‘yicha ijobiy pozitsiyani egallashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi tomonidan “Tolibon” hukumatini tan olish ular Afg‘onistonda 2021 yilda hokimiyat tepasiga kelganiga qaraganda ancha yaqinroq.

“Ammo hali hal qilinishi kerak bo‘lgan ba’zi muammolar mavjud, shundan keyingina Rossiya rahbariyati qaror qabul qiladi", deydi Qobulov.

Shuningdek, diplomat Rossiya Federatsiyasi va Afg‘oniston o‘rtasida diplomatik  munosabatlar o‘rnatilganining 105 yilligi munosabati bilan “Tolibon” hukumati o‘rtasida biron-bir tadbir o‘tkazish yoki tabrik telegrammalari almashish rejalashtirilmaganini ma’lum qildi. 

Ma’lumot uchun, BMT Xavfsizlik Kengashi 2003 yilda “Tolibon”ni terrorchi tashkilot deb tan olgan. O‘sha yili Rossiya “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Ma’mura To‘rayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Tolibon BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing