Rossiya TIV dron hujumlariga nisbatan eng qat’iy chorani ko‘rishga va’da berdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskvada bugun bo‘lib o‘tgan dron hujumlariga nisbatan eng qat’iy choralarni ko‘rishga va’da berdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya bugun Moskvada uyushtirilgan dron hujumlarini qoralab, ularga javoban eng qat’iy choralarni ko‘rish huquqini saqlab qoladi.

“Ushbu hujumlar “neo-natsist” Kiyev rejimi tomonidan rejalashtirilgan va amalga oshirilgan. Buning uchun terroristik harakatlar usullaridan foydalanish dahshatli amaliyotga aylangan. Uning vakillari uzoq vaqtdan beri va ochiqchasiga Moskvaga “qasos zarbalari” berishga chaqirgan. Bunday hujumlar, harbiy nuqtai nazardan hech qanday ma’noga ega bo‘lmagan holda tinch aholi orasida vahima qo‘zg‘ash maqsadida faqat tinch aholiga qarshi qaratilgan. NATO davlatlari rasmiylarining Kiyev rejimi Rossiya hududiga chuqur zarba bermasligiga ishontirishlari mutlaqo ikkiyuzlamachilikdir. Rossiya tomoni Kiyev rejimining terroristik hujumlariga javoban eng qattiq choralar ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 may kuni Moskvada dron hujumi sodir bo‘ldi. Moskva meri Sergey Sobyanin hujum oqibatida bir nechta binolar zarar ko‘rganini aytdi. Keyinchalik Transport texnologiyalarini rivojlantirish markazi rahbari Aleksey Rogozin Moskvaga hujum qilish uchun “o‘rdak” (“utka”) aerodinamik tizimiga ega samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanilgani haqida ma’lumot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya dron hujumlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing