Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘dan chiqib ketdi – Ozarbayjon
Olam
−
12 iyun
4800Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Rossiya tinchlikparvar kontingenti Qorabog‘dan olib chiqib ketishni yakunlaganini ma’lum qildi.
“Ozarbayjon hududida vaqtincha joylashgan Rossiya tinchlikparvar kontingentini mamlakatimiz hududidan olib chiqish jarayoni to‘liq yakunlandi”, deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuv asosida 2020 yildan beri Qorabog‘da Rossiyaning 1960 askardan iborat tinchlikparvar kuchlari joylashgan. Tinchlikparvar kuchlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini nazorat qildi. Shu yilning 17 aprel kuni Rossiya tinchlikparvar kuchlarini mintaqadan olib chiqishni boshladi.
LiveBarchasi