Rossiya tinchlik taklif qilmadi, ultimatum qo‘ydi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning tinchlikka erishish bo‘yicha taklifini “ultimatum” deb atadi. Bu haqda RBK-Ukraina xabar berdi.

“Rossiya go‘yoki tinchlik taklifini yozdi, va u juda yaxshi tushunadi: u yerda yozilganlarning hech biri Ukraina Konstitutsiyasiga, qonunlariga, xalqaro huquqqa va ukrain xalqining xohishiga mos kelmaydi. Rossiya taklif qilayotgan narsa tinchlik rejasi emas — bu ultimatum, u shunday qilib yozilganki, Ukraina hech qachon uni bajara olmasin. Ukraina tinchlik uchun hamma narsaga tayyor ekanini ko‘rsatgan. Lekin taslim bo‘lishdan boshqa har qanday narsaga. Rostini aytaylik — agar u shunchaki o‘t ochishni to‘xtatish bo‘lsa, nega o‘t ochishni to‘xtatish uchun qandaydir shartlar bo‘lishi kerak?” dedi Zelenskiy.

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar haqida gapirar ekan, Zelenskiy hozircha faqat almashinuv jarayonlari ketayotganini ma’lum qildi.

“Bu jarayon qanday ekanini ko‘ryapsizlar, u oson emas. Mendagi ma’lumotga ko‘ra: Mudofaa vazirimiz rossiyaliklar tomonidan aloqalar uchun mas’ul bo‘lgan Medinskiy bilan bog‘lanib turibdi. Kelishuv shundayki, almashinuvlar yakunlangandan so‘ng taraflar keyingi qadamni muhokama qiladi. Biz ular 20 yoki 21 sanada yakunlanishi mumkin deb umid qilyapmiz”, dedi u.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan yagona kishi — bu AQSH Prezidenti Donald Tramp.

“Amerika va rossiyaliklar orasidagi muloqot iliq suhbatga o‘xshaydi, va menimcha, bunday munosabat bilan Putinni to‘xtatib bo‘lmaydi. Aksincha, u bundan xursand bo‘ladi. Menimcha, tonallik o‘zgarishi kerak. Putin shundoq tushunishi kerakki, Amerika Ukrainaga yordam beradi. Sanksiyalar — bu birinchi qadam. Ikkinchisi — armiyamizga qo‘llab-quvvatlash”, dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yordamni qisqartirish haqidagi har qanday ishora yoki Ukrainani Rossiya bilan bir darajaga qo‘yishga urinish — “chunonchi, chuqur nohaqlik”.

“Rossiya — agressor. Ushbu urushni boshlagan ham aynan o‘zi, va u uni tugatishni xohlamayapti. Rossiyaliklarni faqat so‘zlar bilan to‘xtatib bo‘lmaydi. Bu shunday poyezdki, uning rulida hech kim yo‘q, lekin katta tezlikda ketyapti. Putin o‘z jamiyatini propaganda bilan radikallashtirdi. Odamlar nafrat bilan to‘ldirildi — NATOga, AQSHga va G‘arbga nisbatan”, dedi u.

Zelenskiyning aytishicha, Isroil Amerikaga Patriot havo mudofaa tizimini ta’mirlash uchun topshirgan. Uning ta’kidlashicha, 2023 yil 7 oktyabrdagi voqealardan so‘ng Ukraina Isroildan havo mudofaa tizimlari so‘rashni bosim qilmagan, chunki u vaqtda Isroil ichki masalalar bilan band edi. Keyinchalik, Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Patriot tizimlarining eski modellariga umid qilish mumkinligini bilib oldi.

"Ya’ni, ishlaydigan qurol bor, va uni ta’mirlash uchun donorlar ham bor. Isroilda shunday tizimlar bor ekanki, ular biroz ta’mirlansa, ishlay oladi. Miqdori haqida aytmayman — rostini aytsam, to‘rttasi deb umid qilgandik, kimdir boshqa raqamni ham aytdi", — dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tizim Ukraina hududiga hali yetib kelmagan:

“Biz minnatdormiz, go‘yo bu biz uchun deb. Go‘yo, chunki u hali bizda emas. Agar u bizda bo‘lganida, men aytgan bo‘lardim — ha, Isroil bizga topshirdi. Lekin bu uzun zanjir orqali Amerikaga ta’mirlash uchun yuborilgan. U yerdan Ukrainaga hali kirmagan”, deya xulosa qildi u.

Ma’lumot uchun, 2 iyun kuni Istanbulda Chirag‘an saroyida Rossiya va ukraina orasida tinchlik muzokaralarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Rossiya delegatsiyasiga Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy,  Ukraina tomoniga Mudofaa vaziri Rustam Umarov boshchilik qildi. Uchrashuv yopiq formatda o‘tkazildi. Rossiya tomoni Istanbuldagi tinchlik muzokaralarida Ukraina delegatsiyasiga kelishuv bo‘yicha memorandumni topshirdi. Bungacha Ukrainaning Rossiya tomoniga taqdim etgan tinchlik takliflari e’lon qilingandi. Muzokaralardan so‘ng Rustam Umarov Rossiya taqdim etgan hujjatni o‘rganish uchun bir hafta kerak bo‘lishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing