Putinni javobgarlikka tortish so‘raldi
Olam
−
13 avgust 2019
22567Vladivostok shahridan bo‘lgan yurist Maksim Chixuanov Sevastopol davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasidan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni mototsiklni shlemsiz haydagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortishni so‘radi.
Chixuanov o‘z murojaatida 10 avgust kuni Vladimir Putin “Ural” mototsiklida shlemsiz harakatlanganini ma’lum qilgan. Yurist Putinni motoshlek qo‘llash qoidasini buzganlik uchun tegishli tarzda javobgarlikka tortishni so‘ragan.
Shu bilan birga, Lipets viloyati deputatlar kengashi Oleg Xomutinnikov Putinning motoshlemsiz harakatlangani uchun RF bosh prokurori Yuriy Chaykaga murojaat qildi. Deputat Prezidentning faol ta’til o‘tkazishidan xavotirini bildirib, Putinning safari bo‘yicha ma’lumotlarni tekshirib, qonun buzilish holatlari bo‘lsa, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kremlda Bosh prokuratura va DYHXIga bu to‘g‘rida hech bir izoh berilmagan.
LiveBarchasi