Rossiya Tergov qo‘mitasi Kaxovka GESi portlatilishi bo‘yicha jinoiy ish ochdi

Olam

image

Rossiya Tergov qo‘mitasi Ukrainadagi Kaxovka GESi to‘g‘onining vayron qilinishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

“Ukraina qurolli tuzilmalarining jinoiy harakatlari oqibatida Kaxovka GESi vayron bo‘ldi. Natijada Xerson viloyatidagi aholi punktlari suv ostida qoldi. Ushbu fakt bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi "a”, “c" bandlarida nazarda tutilgan jinoyat (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan kelishuv asosida sodir etilgan va katta miqdordagi mulkiy zarar va boshqa og‘ir oqibatlarga olib keladigan terrorchilik harakati) asosida jinoiy ish qo‘zg‘atdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Tergov qo‘mitasi mintaqaga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashini, barcha ishtirok etgan shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 iyun kuni Ukrainaning Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi to‘g‘oni portlatilgandi. Kiyev va Moskva bir-birini to‘g‘onni portlatganlikda va Ukraina janubida keng ko‘lamli suv toshqiniga sabab bo‘lganlikda aybladi. Hozirda hududdagi uchta aholi punkti butunlay suv ostida qoldi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashini chaqirtirdi. Kengash to‘g‘on portlatilishi yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jinoiy ish Kaxovka GESi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing