Rossiya tanazzulga yuz tutgan buyuk davlat – Blinken

Olam

image
0:00
0:00
download

Qo‘shma Shtatlar Ukrainada Rossiya Federatsiyasiga qarshi turishi kerak, aks holda Pandora qutisi ochiladi, bu esa dunyoning boshqa qismlarida yangi mojarolarga olib kelishi mumkin. Bu fikrni kecha, 17 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Stenford universitetida (Kaliforniya) so‘zlagan nutqida bildirdi. 

Uning fikricha, agar AQSH hozir Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortsa, Pandora qutisini ochish xavfi bor va nafaqat Yevropa, balki boshqa davlatlar ham bundan saboq oladi.  

“Bu dunyoning boshqa mintaqalarida mojarolarni keltirib chiqaradi”, deydi Blinken. 

U davlatlarning hududiy yaxlitligi hurmat qilinishi, chegaralarini kuch bilan o‘zgartirmaslik kerakligini ta’kidladi.  

“Ukrainada shuni ko‘rsatmoqchimiz”, deydi Blinken.

Diplomatning fikricha, Rossiyani tanazzulga yuz tutgan buyuk davlat sifatida tavsiflash to‘g‘ri bo‘lardi. 

“Katta salohiyatga ega Rossiya bu kuchdan “zarar” qilish uchun foydalanadi, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa Ikkinchi jahon urushi va sovuq urushdan so‘ng o‘rnatilgan tartibga qarshi”, deydi diplomat. 

Shu munosabat bilan Qo‘shma Shtatlar Ukrainani nafaqat Ukraina xalqi manfaati uchun, balki Rossiyaning dunyo tartibini o‘zgartirishga urinishlariga qarshi turish uchun ham qo‘llab-quvvatlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Blinken

Baholaganlar

322

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing