Rossiya taktik yadro qurollari bilan mashg‘ulotlarni boshladi

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari Janubiy harbiy okrugda o‘quv mashg‘ulotlarining birinchi bosqichini strategik bo‘lmagan yadro qurollarini tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlardan boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. 

Ushbu bosqich doirasida Janubiy harbiy okrugning raketa tuzilmalari “Iskander” operativ-taktik raketa majmuasi uchun o‘q-dorilarni qabul qilish, shuningdek, raketalarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun jihozlash va yashirin ravishda pozitsiya zonasiga o‘tish amaliyotini o‘tkazmoqda. 

“Mashg‘ulotlar davomida Rossiya Aerokosmik kuchlarining aviatsiya bo‘linmalari “Kinjal” gipertovushli raketalari bilan jihozlashni va belgilangan patrul hududlariga uchishni mashq qilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida. 

Rossiya Mudofaa vazirligi mashg‘ulotlar g‘arb rasmiylarining Rossiyaga qarshi provokatsion bayonotlari va tahdidlariga javoban o‘tkazilayotganini yana bir bor eslatgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qo‘shin yuborishni istisno qilmasligini takrorlagandi. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron esa Kiyev kuchlari Rossiya ichidagi nishonlarga zarba berish uchun Britaniyaning uzoq masofali qurollaridan foydalanishi mumkinligini aytgan.

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya qurol yadro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing