Rossiya Sumi viloyatining energetika infratuzilmasiga zarba berdi
Olam
−
06 iyul
7352Rossiya bugun, 6 iyulga o‘tar kechasi Shahed dronlari bilan Ukrainaning Sumi viloyatidagi energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarbalar berdi. Bu haqda Sumoblenergo kompaniyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu hujum oqibatida 100 mingdan ortiq iste’molchi hisoblagichlari quvvatsizlangan.
“348 ta aholi punkti (Axtir tumani va Sumining bir qismi), shuningdek, Sumi shahridagi ba’zi iste’molchilar vaqtincha elektr ta’minotisiz qolgan”, deyiladi xabarda.
Sumi viloyati harbiy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 6 iyul kuni ertalab Rossiya Qurolli kuchlari mintaqadagi chegara hududlari va aholi punktlarini 9 marta o‘qqa tutgan.
Ayni paytda, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi tezkor hisobotida kun davomida frontda 139 ta harbiy to‘qnashuv sodir bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 6 iyulga o‘tar kechasi Rossiya Qurolli kuchlari ham 27 ta Shahed uchuvchisiz uchoqlari yordamida Ukraina nishonlariga zarbalar bergan. Hujumlar Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilingan Qrim hududidan va Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidan amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Dnepropetrovsk, Poltava, Zaporoje, Xerson, Xarkov, Donetsk, Sumi, Chernigov, Vinnitsa, Kiyev, Kirovograd va Nikolayev viloyatlarida 24 ta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘z navbatida, Xerson viloyati prokuraturasi Rossiya Qurolli Kuchlari tomonidan Ukrainaning Xerson viloyatining Berislavskiy tumanidagi artilleriya o‘qqa tutilishidan so‘ng, xususiy uy vayronalari ostidan qutqaruvchilar u yerda bir erkak va bir ayolning jasadlarini topgani haqida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Krasnodar o‘lkasida bugun, 6 iyulga o‘tar kechasi dron hujumi tufayli ikkita neft ombori yonib ketdi va aloqa minorasi zarar ko‘rgandi.
LiveBarchasi