Rossiya sudlanuvchilarning 40 foizini urushga yubormoqchi

Olam

image

Rossiya hukumati sudlanuvchilarning 40 foizini Ukrainadagi urushga jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligidagi manbalar, shuningdek, jinoiy ishlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan advokatlarga tayanib, “Vajniye istorii” xabar berdi.  

Nashrning yozishicha, shu vaqtgacha faqat tergov ostidagi va mahkumlar urushga yollangan edi, ammo sentyabr oxirida Davlat dumasi sudlanuvchilarni urushga jalb qilishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini tasdiqlagan. Garchi, bu qonun hali Prezident Vladimir Putin tomonidan imzolanmagan bo‘lsa-da, sudlanuvchilarni urushga yuborishga tayyorgarlik allaqachon boshlangan.

Advokatlarga ko‘ra, har bir qamoqxonadan 100 ga yaqin sudlanuvchini urushga yuborish rejalashtirilmoqda. Bu esa jami 20 ming kishiga teng bo‘ladi. 2024 yil boshida Rossiya qamoqxonalarda jami 106 ming odam bo‘lgan, ammo bu raqam tergov ostidagi shaxslarni ham o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, qamoqxonalar ichidagi sharoitlarni og‘irlashtirib, sudlanuvchilarni shartnoma imzolashga undash holatlari ham kuzatilmoqda. Bu ikkinchi marta safarbarlik e’lon qilinishini oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, bu jarayon rasmiylar tomonidan belgilangan maqsad bo‘lishi ham mumkin, ammo haqiqatda qanday amalga oshirilishi haqida hali to‘liq ma’lumotlar mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qurolli Kuchlar shtat sonini 2 million 389 ming kishiga oshirish haqidagi farmonni imzolagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya urush sudlanuvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made