Rossiya Sloveniyaga talab qo‘ydi

Olam

image

Sloveniya Respublikasining Rossiyadagi Muvaqqat ishlar vakili Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga mamlakatning Moskvadagi elchixonasi diplomatik xodimlari sonini to‘rt kishiga qisqartirish talabi bilan nota topshirildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. 

“Lyublyana tomonidan avvalroq Rossiya diplomatik missiyasi sonini qisqartirish va uning ish sharoitlarining yomonlashuvi bo‘yicha qilingan nodo‘stona qadamlarga javoban sloveniyalik diplomatga Sloveniyaning Moskvadagi elchixonasining diplomatik xodimlari sonini to‘rt kishiga qisqartirish talabi bilan nota topshirildi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, o‘zaro munosabatlar tamoyilidan kelib chiqib, Rossiyaning Lyublyanadagi elchixonasini haqiqiy holatini inobatga olgan holda Sloveniya diplomatik missiyasi faoliyati uchun sharoitlarni ham o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 

TIV, shuningdek sloveniyalik diplomatga “Sloveniya rasmiylarining Ukrainadagi urush jinoyatlarida Rossiyani ayblashga asossiz urinishlari va neonatsistlarga harbiy yordam ko‘rsatishi munosabati bilan qattiq norozilik bildirilgan".


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

561

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing