Rossiya shakar eksportini taqiqladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi shakar va xom shakar eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etadi. Bu haqda Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligining bojxona quyi qo‘mitasi qarorida keltirilgan.

Qayd etilishicha, ushbu chora keyingi besh ish kuni ichida kuchga kirishi kutilmoqda. Cheklov 2024 yil 31 avgustgacha amal qiladi. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonga oq shakar importi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Vaqtinchalik embargo loyihasi mart oyida chet elga shakar yetkazib berishning ko‘payishi bilan bog‘liq xavotirlar fonida paydo bo‘lgan. Avgustdan fevral oyining o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda Rossiya boshqa mamlakatlarga avvalgi shu davrga qaraganda uch baravar ko‘p shakar sotgan (442 ming tonna).

Ma’lumot uchun, 2017 yilning kuzidan boshlab O‘zbekistonning "Xorazm Shakar" va "Angren Shakar" shakar zavodlari so‘mning qadrsizlanishidan so‘ng o‘z faoliyatini amalda to‘xtatib qo‘ygan. Bu esa xorijdan importning keskin oshishiga olib keldi (2016−2018 yillarda import hajmi 1 mlrd dollargacha oshdi). Shakar va shakar mahsulotlari uchun import bojlari va aksiz solig‘i stavkalari nolga qaytarildi. Bunga qadar 2000 yillarning boshidan beri 30 foizlik stavka saqlanib qolgan edi. 

2021 yildan shakar importiga yana 20 foizlik aksiz solig‘i o‘rnatildi, bundan tashqari, 20 foiz bojxona to‘lovi ham qaytarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing