Rossiya sayyohlar uchun qachon “eshigini ochishi” ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiyada 1 iyuldan boshlab sayyohlik mavsumi to‘liq ochiladi. Bu haqda RF Bosh vaziri Mixail Mishustin boshchiligida o‘tkazilgan vazir o‘rinbosarlari yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, butun iyun oyi davomida mehmonlarni qabul qilish uchun sayyohlik inshootlarini tayyorlanadi. Iyul oyidan boshlab mintaqalararo sayohatlarni boshlash mumkin bo‘ladi.

Bosh vazir Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat dam olish mavsumini bosqichma-bosqich ochishga tayyor. “1 iyundan boshlab ko‘pgina hududlarda tibbiy litsenziyaga ega bo‘lgan sanatoriyalar qayta tiklandi. Rossiya sayyohlik sanoatida karantin rejimidan chiqib ketish rejasi ishlab chiqilgan”.

Hukumat rahbari, shuningdek, Rossiyada ichki turizmga talab mavjudligini va yagona muammo turizm infratuzilmasining rivojlanmaganligini qo‘shimcha qildi. "Biz ushbu to‘siqni sanoat investorlarini faol qo‘llab-quvvatlash orqali yengib o‘tamiz", dedi bosh vazir.

1 iyun kuni Milliy mehmondo‘stlik sanoati uyushmasi (MMSU) vitse-prezidenti Aleksey Volkov koronavirus pandemiyasi Rossiyada ichki turizmni rivojlantirishga yordam berishi mumkinligini ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing