Rossiya sanksiyalar sabab neft qazib olishni to‘xtatishi mumkin

Olam

image

 Rossiyaning "Zarubejneft" davlat neft kompaniyasi Yevropa Ittifoqi davlatlariga Rossiya neftini yetkazib berish bo‘yicha taqiq kuchga kirganidan keyin yoqilg‘i ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatishi mumkin. Bu haqda kompaniya rahbari Sergey Kudryashov "Rossiya energetika haftaligi" forumi davomida ma’lum qildi.

“Taqiqning taxminiy boshlanish sanasi 5 dekabrga to‘g‘ri keladi. Voqealar rivojining bir necha variantlari mavjud va biz ularning eng yomonlariga ham tayyormiz”, deydi Kudryashov

U ishlab chiqarish 100 foiz to‘xtatilishi mumkinligini, biroq kompaniya ikki hafta ichida ishlab chiqarishni qayta tiklash rejasini ishlab chiqqanini ta’kidladi. Shu bilan birga, “neft qazib olishni 70 foizga qisqartirish ham fojiali emasligini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, kompaniya rahbari rossiyalik neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalar qazib olishni qisqartirish variantini ko‘rib chiqayotganini aytdi. 

“Agar kimdir, Rossiya qishda ishlab chiqarishni cheklay olmaydi va har qanday narxda sotadi deb o‘ylasa, bu g‘oyadan voz kechishi kerak”, deydi Kudryashov.

Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rus nefti uchun yuqori narx belgilagan davlatlarga neft sotish to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini ma’qullagan edi, bu esa neft narxini cheklashni joriy qilish uchun zarur huquqiy asoslar uchun poydevor yaratadi.

Narxlar chegarasi joriy qilinganidan so‘ng, yevropalik operatorlarga Rossiya neftini faqatgina narx avval belgilangan yuqori darajadan oshib ketmaganda uchinchi mamlakatlarga tashishni amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

Ushbu chora G7 hamkorlari bilan yaqindan muvofiqlashtirilgan. Cheklov xom neft uchun 2022 yil 5 dekabr, neft mahsulotlari uchun 2023 yil 5 fevraldan keyin kuchga kiradi.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing