Rossiya Samaraga hujum uyushtirdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 27 iyun kuni tushdan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatining Samara shahriga navbatdagi raketa zarbasini berdi. Bu haqda viloyat rahbari Sergey Lisak xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujum oqibatida 4 kishi vafot etgan, 17 kishi yaralangan. Jarohat olganlardan 3 kishining ahvoli og‘ir.

Ma’lumot uchun, bugun, 27 iyunga o‘tar kechasi Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaga 370 ta uchuvchisiz raketa uchirgan. Ukraina Harbiy havo kuchlari raketalarning deyarli barchasini qaytarganini ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Dnepropretrovsk viloyatiga uyushtirilgan hujumlar oqibatida hozirgacha 340 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgan. Shulardan 38 nafari bolalarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya 97 ta dron bilan Ukrainaga hujum qilgandi. Hujum oqibatida birgina Sumi viloyatida uch kishi – erkak, ayol va sakkiz yoshli bola halok bo‘lgandi.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing