Rossiya rubli dollar va yevroga nisbatan sezilarli qadrsizlandi

Olam

image

Bugun, 2 noyabr kuni Moskva birjasida savdolar boshlanishida dollar kursi 0,47 foizga o‘sib, 1 dollar 79,9 rublga teng bo‘ldi, yevro esa 0,53 foizga qimmatlashib, 93,11 rublga tenglashdi.

Oradan ko‘p o‘tmay, dollar kursi 80,16 rubga, yevro esa 94 rublgacha o‘sdi. Dollar kursi so‘nggi bor 30 mart kuni 80 rubldan yuqoriga ko‘tarilgandi.

Rossiya aksiyalar bozori birja indekslari pasayishi bilan boshlandi. Moskva birjasi indeksi 0,35 foizga tushib, 2681,19 punktni, RTS indeksi esa 0,42 foizga pasayib, 1062,09 punktni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

rubl' dollar evro

Baholaganlar

199

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing