Rossiya Putinning kuzatuvida yadroviy kuchlarini sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Bugun, 26 oktyabr kuni Rossiya strategik yadroviy kuchlari mashg‘ulot o‘tkazdi. Unda Rossiya dushmanning yadroviy zarbasiga javoban katta yadroviy zarba berishni mashq qildi.

Mashg‘ulotlardan keyin RF Prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoygudan strategik kuchlarning mashqlari haqida hisobot qabul qildi.

Putin Kremldan aloqaga chiqdi. Mudofaa vaziri va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovning hisobotini videoaloqa orqali tingladi.

Strategik tiyib turuvchi kuchlarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar to‘liq bajarildi, barcha raketalar o‘z nishonlariga yetdi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.

“Strategik to‘xtatuvchi kuchlarni o‘qitishda ko‘zda tutilgan vazifalar to‘liq bajarildi, barcha raketalar belgilangan tavsiflarni tasdiqlagan holda nishonga yetdi”, deyiladi Kreml saytida.

Kamchatkadagi Kura poligonida Plesetsk davlat sinov kosmodromidan “Yars” qit’alararo ballistik raketasi va Barens dengizidan “Sineva” ballistik raketasi uchirildi. Vazifalarni amalga oshirishda havodan uchiriladigan qanotli raketalarni tashish uchun uzoq masofaga uchuvchi Tu-95MS samolyotlari ham jalb etildi.

Avvalroq Rossiya strategik kuchlar sinovini o‘tkazishi haqida AQSHni ogohlantirgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

608

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing