Rossiya Prezidenti Alisher Usmonovni medal bilan taqdirladi

Olam

image

Rossiya prezidenti Vladimir Putin milliarder Alisher Usmonovni “Rossiya geografiya jamiyati” (RGJ)ning Konstantinovskiy medali bilan taqdirladi.

Tass nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, tashkilotning vasiylik kengashida mamlakat prezidenti mukofotni asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkorga topshirgan.

Bu mukofot bilan Usmonov RGJ faoliyatiga qo‘shgan alohida hissasi uchun taqdirlangan.

Medal 1846 yilda RGJning birinchi raisi knyaz Konstantin tomonidan ta’sis etilgan. Medalda oluvchining ismi yoziladi, u geografiya fani bo‘yicha katta xizmatlari va jamiyat faoliyatiga qo‘shgan alohida hissasi uchun RGJ a’zolariga beriladi. 

Hozirgi kunda “Rossiya geografiya jamiyati” butun Rossiya bo‘ylab 85ta mintaqaviy bo‘linmaga ega. 2009 yilda Sergey Shoygu RGJ prezidenti etib saylandi. 2010 yilda Putin rahbarligida jamiyatning vasiylik kengashi tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Vladimir Putin

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing