Rossiya pochtasiga dronlarga qarshi qurollanishga ruxsat berildi

Olam

image

Rossiya hukumati “Pochta Rossii” tashkilotini dronlarga qarshi kurashish uchun texnik vositalar bilan jihozlashga ruxsat berdi. Tegishli qarorni mamlakat Bosh vaziri Mixail Mishustin imzoladi. Hujjat 3 sentyabr sanasi bilan qayd etilgan.

Qaror federal pochta aloqasi tashkilotlari jihozlanishi mumkin bo‘lgan va 2005 yildan beri amal qilib kelayotgan qurol-aslaha va maxsus vositalar ro‘yxatini to‘ldiradi. Unga dronli havo, suvosti va suvusti kemalari hamda apparatlariga, dronli transport vositalariga va boshqa avtomatlashtirilgan dron majmualariga qarshi kurashish vositalari kiritilgan.

Ushbu o‘zgartirishga qadar ruxsat etilgan jihozlar ro‘yxati xizmat va fuqarolik qurollari, patronlar, bronejiletlar va boshqa shaxsiy himoya vositalarini o‘z ichiga olgan. Dronlarga qarshi vositalar (aynan qaysilari ekani aytilmagan) alohida kategoriyaga ajratilgan.

Shu bilan birga, qarordan “Pochta Rossii”ning aynan qaysi xodimlari dronlarga qarshi kurashish vositalaridan foydalanishi mumkinligi aniq emas. 2005 yilgi qaror pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larini qo‘riqlaydigan xodimlarga qurol berish me’yorlarini alohida, federal pochta aloqasi tashkilotlarini jihozlash uchun qurol va maxsus vositalarning umumiy ro‘yxatini esa alohida belgilaydi. Hukumat dronlarga qarshi kurashish vositalarini aynan ikkinchi – umumiy ro‘yxatga qo‘shgan bo‘lib, ular berilishi mumkin bo‘lgan xodimlarning konkret lavozimlarini ko‘rsatmagan.

Qayd etish joiz, Ukraina Rossiyaning Wildberries va Ozon logistika kompaniyalirini doimiy ravishda bombardimon qilmoqda. Rossiya hukumatining yuqoridagi qarori aynan shu vaziyat fonida qabul qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rostov viloyatida Ukraina dronlari hujumi oqibatida Ozon’ning logistika markazlaridan birida yong‘in chiqqan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing