Rossiya parad qisqartirilishida Ukrainani aybladi

Olam

image

Moskvada joriy yil 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba kuni paradi vaqti Ukrainaning “terror tahdidi” tufayli qisqartiriladi. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni Kremlda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

U bu yilgi “G‘alaba kuni” paradi Rossiya tomonidan e’lon qilingan joriy operatsion vaziyat tufayli qisqartirilishini e’lon qilgan. Peskovning oydinlik kiritishicha, bu safargi paradda harbiy tehnika va kursantlar ishtirok etmaydi. 

“Xavfni minimallashtirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz. Shu tufayli bu yilgi G‘alaba paradida harbiy tehnika yoki kursantlarning ishtiroki etmasligini malum qilamiz”, deydi Peskov.

Shuningdek, u an’anaviy parad har doimgidek qizil maydonda o‘tkazilishini aytgan. Peskovning urg‘u berishicha, har yili jang maydonida o‘z hududlaridan ayrilib borayotgan Kiyev rejimi bugungi kunga kelib keng ko‘lamli “terrorchilik faoliyati”ga aylanib ulgurgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 2008 yilda mamlakatning “o‘sib borayotgan mudofaa qobiliyati namoyon etish” uchun Qizil maydonda og‘ir harbiy texnikani namoyish qilish amaliyotini qayta tiklagan.

O‘tgan yilgi Kremldagi paradda 20 dan ortiq jahon yetakchilari Moskvada 1945 yilda fashistlar mag‘lubiyatining 80 yilligini nishonlash uchun zamonaviy qurol-yarog‘lar, jumladan, tanklar va dronlarni o‘z ichiga olgan dabdabali tadbirni tomosha qilish uchun yig‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jurnalist Aleksandra Prokopenko 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan an’anaviy G‘alaba paradi marosimini sezilarli darajada qisqartirishi mumkinligini aytgan edi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, parad mehmonlari soni an’anaviy bir necha ming kishidan bir necha yuz kishigacha qisqaradi, butun marosim esa bir soatdan kamroq vaqt olishi mumkin. Qayd etish joiz, Prokopenko Kreml bu dastlabki reja bo‘lganini va paradning qisqartirilishi dronlar xavfi bilan bog‘liq emasligini iddao qilishini bildirgan edi. Biroq Kreml buni aynan Ukrainadan bo‘ladigan xavf bilan izohladi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina parad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing