Rossiya oligarxlarining eng boy merosxo‘rlari reytingi e’lon qilindi

Bu qiziq

image

“Forbes” jurnali har yili tuzadigan Rossiya oligarxlarining eng boy merosxo‘rlari reytingida birinchi o‘rinni “Lukoyl”ning eng katta aksioneri Vagit Alekperovning o‘g‘li Yusuf egalladi.

Kichik Alekperov 18 milliard dollarga teng boylikning yagona merosxo‘ri hisoblanadi. Biroq, otasining so‘zlariga ko‘ra, u hech qachon “Lukoyl”ga rahbarlik qilmaydi. 2018 yilda milliarderning o‘g‘li nihoyat kompaniyani tark etdi va o‘z biznesini - Plan B energiya ichimliklarini ishlab chiqarishni boshladi. 2019 yilda “Raqamali texnologiya” MCHJ reklama kompaniyasini ishga tushirish bilan yana bir biznesini yo‘lga qo‘ydi.

Ikkinchi o‘rinni “Novatek” va “Sibur” kompaniyalarining asosiy egasi Leonid Mixelsonning farzandlari egalladi. Ularning har biri 10,1 milliard dollar mablag‘ga mersoxo‘rlik qiladi. Qizi Viktoriya Nyu-York universitetining bitiruvchisi va o‘zini san’at sohasiga bag‘ishlagan. Mishelsonning kenja o‘g‘lining ismi noma’lum.

Reytingda uchinchi o‘rinda UGMK asosiy aksiyadori Iskandar Mahmudovning o‘g‘li Jahongir kirdi. U 9 milliard dollarlik boylikning merosxo‘ri hisoblanadi. Jahongir London iqtisodiyot va biznes maktabini tugatgan va 2012 yildan beri otasi bilan ishlaydi.

 

“Forbes”, shuningdek, “Yevroxim” va SUEK egasi bo‘lgan ikki bolali Andrey Melnichenkoning (har bir bola uchun 7 milliard dollar) va NLMK rahbarining uch nafar farzandi (har biri 6,7 milliard) Rossiyaning eng boy merosxo‘rlari beshligiga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya oligarx

Baholaganlar

553

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing