Rossiya Odessaga ballistik raketa bilan hujum qildi

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari kecha, 14 avgust kuni Odessaga ballistik raketa bilan hujum qilib, ikki kishini yaraladi. Bu haqda Odessa harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper ma’lum qildi.

“Bosqinchining nishoni port yaqinidagi fuqarolik infratuzilmasi edi. Oqibatda don tashuvchi avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, uning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda shifoxonaga yotqizilgan, shuningdek, portning 39 yoshli xodimi ham jarohat olgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari rossiyaliklar tomonidan sodir etilgan yana bir jinoyat oqibatlarini qayd etishmoqda”, deydi Kiper.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmatining ma’lum qilishicha, shu kuni Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatining Kupyanskiy tumanida qishloqdagi xususiy uylarga bir nechta raketa tizimlaridan zarba bergan. Oqibatda yong‘in kelib chiqqan va qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ishlayotganda, takroriy zarbalar berilgan. Bildirilishicha, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Xuddi shunday hujum Xerson viloyatida ham sodir etilgan.

“Stanislav qishlog‘ida dushman hujumi oqibatlarini bartaraf etayotib, mahalliy o‘t o‘chirish brigadasi qayta hujumga uchradi. Qutqaruvchilar va mahalliy o‘t o‘chirish bo‘limi xodimlari o‘qqa tutilishi oqibatida xo‘jalik inshootlarida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishdi. O‘t o‘chiruvchilar ishlayotganda, ularning ustiga bir necha bor dushman uchuvchisiz samolyotidan portlovchi moddalar tashlandi. Oqibatda 4 nafar qutqaruvchi tan jarohati oldi”, deyiladi davlat favqulodda xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Odessa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing