Rossiya Odessaga hujum qildi

Olam

image

Bugun, 20 iyun kuni Rossiya armiyasi Odessa shahriga dronlar bilan yirik hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida 1 kishi halok bo‘lib, 14 kishi yaralandi. Bu haqda Odessa mahalliy hokimiyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujum oqibatida  ko‘p qavatli binolar va temiryo‘l infratuzilmasiga zarar yetkazilgan. Mahalliy Favqulodda vaziyatlar xizmati dron hujumi sabab 10 ta turarjoy binosida katta yong‘in yuzaga kelganini ma’lum qildi.

“Havo mudofaasi kuchlarining faol qarshiligiga qaramay, fuqarolik infratuzilmalari, shu jumladan turarjoy binolari, oliy o‘quv yurti, gaz quvuri va xususiy avtomobillarga zarar yetkazilmoqda”, deb yozdi viloyat hokimi Oleg Kiper Telegram-kanalida.

Shuningdek, xabarda Rossiya harbiylari Ukrainaga bir kechada 86 ta dron uchirgani, shulardan 34 tasi urib tushirilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi 17 iyunga o‘tar kechasi Kiyevning turli hududlaridagi o‘nlab binolar va boshqa ob’ektlarga, jumladan, turarjoy binolari, ta’lim muassasalari va muhim infratuzilma ob’ektlariga hujum qilgandi. Raketalardan biri Solomenskiy tumanidagi to‘qqiz qavatli turarjoy binosiga tegib, butun kirish eshigi qulab tushgan. Vayronalar ostidan 21 kishining jasadi chiqarilgan. 18 iyun Kiyevda motam kuni deb e’lon qilindi.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Odessa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing