Rossiya NATOga a’zo bo‘lish taklifini rad etgan – Entoni Blinken

Olam

image

1990-yillarda Rossiyaning o‘zi G‘arbning NATOga a’zo bo‘lish taklifini rad etgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“O‘tgan asrning 90-yillarida bu masala (Rossiyaning NATOga kirish taklifi – tahr.) haqiqatdan ham muhokama qilingan edi. Ruslar bu ular qilishni xohlagan narsa emas, degan qarorga kelishdi”, deydi Blinken “The Late Show” telekanali boshlovchisi Stiven Kolbertga bergan intervyusida.

Blinken Rossiyaning NATOning sharq tomon kengayishi borasidagi xavotirlariga to‘xtalar ekan, NATO mudofaa ittifoqi ekanligi va Rossiyaga nisbatan tajovuzkor niyatlari yo‘qligini yana bir bor ta’kidladi.

"U (alyans – tahr.) hech qachon Rossiyaga hujum qilmagan, hujum qilmaydi ham. Uning Rossiyaga hujum qilish rejasi yo‘q", deya ta’kidladi AQSH Davlat kotibi.

Finlyandiya va Shvetsiya avvalroq NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergga alyansga qo‘shilish uchun ariza topshirgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, AQSHning sobiq Prezidenti Bill Klinton “Atlantik” jurnalida chop etilgan maqolasida SSSR parchalanganidan keyin Rossiyaning kelajakda NATOga a’zo bo‘lishi uchun eshiklar ochiq qolgani haqida yozgandi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov RF bir paytlar alyansga taklif qilingani haqidagi iddaolarga izoh berar ekan, AQSH Rossiyaning NATOga kirishi mumkin emasligi haqida bir necha bor gapirganini eslatgan.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning eslashicha, 2000 yilda u Bill Klinton bilan AQSHning Rossiyaning NATOga kirishiga munosabati haqida gaplashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika yetakchisining munosabati bosiq bo‘lgan.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

217

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing