Rossiya NATO bilan urushga tayyorgarlik ko‘radi

Olam

image

Rossiya Mudofaa vazirligi faoliyati kelgusi yillarda uchta omilni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Birinchi omil Ukrainadagi jangovar harakatlar, ikkinchi omil yaqin o‘n yillikda NATO bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan urushga tayyorgarlik, uchinchi omil esa texnologiyalarni rivojlantirish. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘rta muddatli istiqbolda har qanday vaziyatning rivojlanishiga tayyor bo‘lishi kerak.

“Bunga Yevropada yaqin o‘n yillikda NATO bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan harbiy mojaroni ham qo‘shish mumkin. Bu haqda shu yilning iyul oyida bo‘lib o‘tgan Shimoliy Atlantika alyansi sammitida qabul qilingan qarorlar ishora qilmoqda”, dedi Andrey Belousov.

Vazirning ta’kidlashicha, Ukrainadagi jangovar harakatlar bilan bir qatorda Rossiya Markaziy Osiyo va Afrika mamlakatlarida, Kavkaz va Pridnestroveda alohida vazifalarni bajarishi va harbiy ishtirokni ta’minlashi kerak. Bundan tashqari, mamlakat “ilg‘or texnologiyalarni jadal rivojlantirishi” lozim. Belousov sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni yuqori tezlikda uzatish kabi texnologiyalarni shu sohada muhim deb atagan.

Ma’lumot uchun, joriy yil noyabr oyining oxirida Vladimir Putin G‘arbning uzoq masofali raketalari Rossiya hududida qo‘llanilganidan keyin Ukrainadagi mojaroda “global tus elementlari” paydo bo‘lganini aytgandi. 2024 yil boshida esa NATOga a’zo ba’zi davlatlarning rasmiy vakillari ham alyans va Rossiya o‘rtasida o‘n yil ichida mojaro boshlanishi ehtimolini inkor etmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya uzoq vaqtdan beri NATO davlatlariga qarshi yashirin emas, balki ochiq urush olib borayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing